Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan 16 nafar bola O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohligida vatanga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Sankt-Peterburg va Moskvadagi O‘zbekiston konsullik idoralari bolalarni davlat fuqarosi sifatida identifikatsiya qilish va ularga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rgan.
Hozir bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Markazda ularni ota-onalari va yaqin qarindoshlari «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan oldindan tayyorlangan vasiylik hujjatlari bilan kutib oldi. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam ularning keyingi yashash joylarida ham davom ettiriladi.
Ta’kidlanishicha, bolalarning 11 nafari ota-onalariga, qolganlari esa vasiylik asosida qarindoshlariga topshiriladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025