Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi
Federal hukumat bu borada maktablarni tegishli materiallar bilan ta’minlashga yordam berishga tayyor.
Germaniya Ichki ishlar vazirligi maktab o‘quvchilarini «inqirozli va harbiy harakatlar»ga tayyorlash kerak deya hisoblamoqda. Bu haqda idora vakillariga tayanib mahalliy Handelsblatt gazetasi xabar berdi. Bunday tayyorgarlik o‘z ichiga nimalarni olishiga aniqlik kiritilmagan.
IIVning ma’lum qilishicha, Germaniya federal yerlari maktablardagi «ta’lim shakli»ni alohida belgilaydi. Shunga qaramay, federal hukumat Fuqarolik mudofaasi va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish federal boshqarmasi bilan birga, «yoshlar va o‘quvchilar uchun materiallar borasida» yordam berishga tayyor.
«Xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarayotgani bois fuqarolik himoyasi uchun, hatto maktab ta’limida ham ko‘proq e’tibor qaratish kerak», — deydi IIV vakili.
Vazirlik, shuningdek, Yevropa Ittifoqi uchun umumiy bo‘lgan tavsiyalarga ham rioya etish kerakligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, fuqarolar kamida uch kunga yetadigan suv, oziq-ovqat mahsulotlari va birlamchi zarur tovarlar zaxirasini g‘amlab qo‘yishlari kerak. Tavsiyalar orasidan ichimliklar (20 litr), don mahsulotlari (3,5 kilogramm), sabzavotlar (4 kilogramm), meva va yong‘oqlar (2,5 kilogramm), sut va sut mahsulotlari (2,6 kilogramm), baliq, go‘sht va tuxum (1,5 kilogramm) o‘rin olgan.
2024 yil noyabr oyida Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri Germaniya hukumati Rossiya bilan keng ko‘lamli mojaroga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan tezkor rejani tayyorlagani to‘g‘risida xabar bergandi. 2025 yil fevralda esa «Germaniya uchun muqobil» o‘ta o‘ng partiyasi mamlakatda majburiy harbiy xizmatni qaytarish taklifini ilgari surdi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025