Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Shu kunlarda RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) o‘zining xorijiy hamkasbi — Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmaniga yuborgan so‘rovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilayotgani, O‘zbekiston mas’ul idoralari tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda RFda yashab turgan hududlaridan keltirib, Moskva shahridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘radi.
O‘zbekiston Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, RF Bola huquqlari bo‘yicha vakili tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur ko‘mak ko‘rsatildi va bolalar joylashgan hududlardan (Sankt-Peterburg shahri, Vladimir, Astraxan, Volgograd, Irkutsk, Ulyanovsk, Chelyabinsk viloyatlari hamda Xabarovsk o‘lkasidan) keltirilib, Moskva shahridagi voyaga yetmaganlar uchun «Altufevo» markaziga joylashtirildi va barcha zaruriy sharoitlar bilan ta’minlandi.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari yo‘lidagi tezkor hamkorligi uchun RF Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi va o‘zaro konstruktiv hamkorligini davom ettirishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025