Toshkentdan Krasnodarga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.

Foto: Transport vazirligi
«Toshkent» avtovokzalidan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qatnovlar «Uzautotrans service» korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Chipta narxi 900 ming so‘m etib belgilangan.
Ilk qatnov 8 aprel kuni bajariladi. Avtobus «Toshkent» avtovokzalidan soat 20:00 da jo‘nab ketadi.
Chiptalarni elektron shaklda avtoticket.uz sayti hamda UzBus mobil ilovasi orqali, shuningdek, «Toshkent» avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.
Mavzuga oid

08:12
Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi

20:47 / 07.04.2025
Putin maktab o‘quvchilarini yozgi ta’til vaqtida ishga jalb qilishga ruxsat berdi

20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi

18:30 / 07.04.2025