Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya Ukrainaga milliard yevro va F-16 qiruvchilarini beradi
Belgiya bosh vaziri Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bryussel bu yil Kiyevga ikkita, kelasi yili esa yana ikkita F-16 qiruvchi samolyotini topshirishini e’lon qildi.
Belgiya Ukrainaga to‘rtta F-16 qiruvchi samolyotini topshiradi. Ulardan ikkitasi joriy yilda, yana ikkitasi esa keyingi yilda mamlakatga ehtiyot qismlar uchun yetib keladi. Bu haqda Belgiya bosh vaziri Bart de Vever 8 aprel, seshanba kuni Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Siyosatchining aytishicha, uning mamlakati Kiyevga yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini olishi bilan yana ham ko‘proq F-16 samolyotlari yetkazib beradi. «Biz Ukraina uchun F-16 samolyotlarining eng yirik yetkazib beruvchisi bo‘lishga va’da bergan edik va albatta o‘z so‘zimizda turamiz», — deya de Vever so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ukraina OAV.
Bundan tashqari, Bart de Vever Ukrainaga 1 milliard yevro ajratishga va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu pullar qurol sotib olish va Ukraina harbiy-sanoat kompleksini mustahkamlashga sarflanadi.
Volodimir Zelenskiy, o‘z navbatida, "Ramshtayn" formatidagi navbatdagi uchrashuv Bryusselda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Britaniyaning NATOdagi delegatsiyasi avval ham xuddi shu haqda gapirgan edi. 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ular Ukrainaga kelgusida yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bir kun avval, 10 aprelda «Xohlovchilar koalitsiyasi» yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda mamlakatga xorijiy tinchlikparvar kontingentni kiritish masalasi muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025