Rossiya hujumidan keyin Dniproda kamida sakkiz kishi jarohat oldi
Rossiya zarbasidan keyin Dniproda katta yong‘in sodir bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, raketa «salfetkalar va tagliklar ombori»ga kelib urilgan.

Foto: Arsen Dzodzaiev/Anadolu/picture alliance
10 aprel, payshanba kuni tushdan keyin Rossiya Federatsiyasidan raketa hujumi oqibatida Dniproda kamida sakkiz kishi jarohatlandi, bir kishi halok bo‘ldi. Mahalliy hukumat voqea bo‘yicha yangilangan ma’lumotni taqdim etdi.
Mahalliy Telegram kanallarida soat 16:00 lar atrofida zarba haqidagi ilk xabarlar paydo bo‘ldi. Guvohlar shaharning sanoat hududida katta tutun bulutlarining fotosuratlari va videolarini nashr qilishdi. Dnipropetrovsk OHM rahbari Sergey Lisak bu ma’lumotni tasdiqlab, «fuqarolik obekti hududida vayronalar borligini» aytdi.
Keyinroq Dnipro meri Boris Filatov o‘zining Telegram-kanalida Rossiya «salfetkalar va tagliklar omboriga» zarba berganini yozdi. «Shuning uchun u juda qattiq yonmoqda. NATO zobitlari yoki yollanma askarlar u yerda yo‘q. Men mulkdor bilan shaxsan gaplashdim», deb ta’kidladi rasmiy.
Ukrainaning «Biosfera» korporatsiyasi direktori Andrey Zdesenko, o‘z navbatida, raketa zarbasi natijasida tashkilot omborlarining bir qismi vayron bo‘lganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularda tagliklar, nam salfetkalar, choy, folga va pergament ishlab chiqarilgan.
Kun davomida rus qo‘shinlari mintaqaning Nikopol tumanini ham o‘qqa tutdi, deb xabar berdi Lisak. "Do‘kon, 2 ta xususiy uy, 2 ta xo‘jalik binosi, 3 ta korxona va infratuzilma zarar ko‘rdi", — deb yozdi rasmiy o‘zining Telegram-kanalida. Lisakning ma’lum qilishicha, Nikopoldagi hujumlar natijasida 13 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid

22:54
Kreml Rossiya va AQSh muzokaralaridan «darhol natijalar» kutmaslikka chaqirdi

22:54 / 12.04.2025
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

18:34 / 12.04.2025
Ukraina ikkinchi F-16 qiruvchi samolyotini yo‘qotdi

13:58 / 12.04.2025