Zelenskiy Rossiyaga qarshi «kuchli sanksiyalar paketlari»ni anons qildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining an’anaviy tungi videomurojaatida Rossiyaga qarshi yangi milliy sanksiyalar paketlari tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Foto: V.Zelenskiyning videomurojaatidan skrinshot
«Biz o‘zimizning, ukrain sanksiyalar paketlarimizni tayyorlayapmiz — maxsus xizmatlar tomonidan tegishli asoslar taqdim etilgan. Bu kuchli sanksiyalar bo‘ladi va u Moskva urushni moliyalash uchun foydalanadigan «xufiyona flot» tankerlariga qarshi ham, urushni targ‘ib qiluvchilar — bizning mudofaamizni zaiflashtirishga urinayotgan va Rossiyaga yordam beruvchi shaxslarga nisbatan ham qo‘llanadi.
Shuningdek, ayrim mansabdorlarga qarshi ham — ular barcha ukrainaliklarga tanish, ta’sirga ega bo‘lgan shaxslar.
Ayni vaqtda tegishli farmonlar tayyorlanmoqda, barchasi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Biz, shuningdek, o‘z sanksiyalarimiz Yevropa Ittifoqi va dunyodagi boshqa kuchli yurisdiksiyalar qarorlari bilan muvofiqlashishi uchun ham ish olib boryapmiz», — dedi Zelenskiy.
Mavzuga oid

20:13
Ukraina prezidenti ofisidagilar ayollarni ham armiyaga majburiy jalb etish taklifi bilan chiqdi

19:11
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi

18:08
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi

14:59