Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ifo bosh direktori yangi global iqtisodiy inqirozni istisno etmadi
Agar Xitoy va Yevropa AQSh bilan birga proteksionistik iqtisodiy siyosat yurita boshlasa, «bu jiddiy inqirozga olib kelishi mumkin», deydi Klemens Fyust.
Myunxen Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (ifo) proteksionizm kuchayib borayotgan bir sharoitda yangi global iqtisodiy inqiroz yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. «Afsuski, buni inkor etib bo‘lmaydi», dedi ifo bosh direktori Klemens Fyust 11 aprel, juma kuni chop etilgan Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z o‘zidan jahon iqtisodiyotini inqirozga solib qo‘ymaydi. «Agar proteksionizm Xitoyda ham, Yevropada ham tezroq tarqalsa, bu katta xavf tug‘diradi. Agar hamma noto‘g‘ri yo‘ldan ketsa, bu jiddiy inqirozga olib kelishi mumkin», dedi u.
Shu bilan birga, Fyustning ta’kidlashicha, amerikaliklar hozirda ishonchli hamkor sifatidagi obro‘sini yo‘q qilmoqda. «Bu xavfli, chunki AQSh hali ham dunyodagi eng muhim iqtisodiy kuchdir», dedi ifo rahbari.
Hozir sodir bo‘layotgan narsa butun dunyo uchun «xavotirli qo‘ng‘iroq», deya qo‘shimcha qildi u. «Dunyo kapitallashuvining uchdan ikki qismi Amerika fond bozoriga to‘g‘ri keladi, dollar esa dunyoning zaxira valutasi hisoblanadi. Agar bularning barchasi qulab tushsa, oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlar bo‘ladi», — deya ogohlantirdi Fyust.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
10:21 / 22.04.2025