Ukraina 2024 yilda 9 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ ishlab chiqardi
Ukraina 2024 yilda qurol ishlab chiqarish hajmini uch barobar oshirdi. Xususan, raketa ishlab chiqarish 2023 yilga nisbatan sakkiz barobarga ko‘paydi. Mamlakat mudofaa sanoati Qurolli kuchlar ehtiyojining taxminan 40 foizini qoplamoqda.

Foto: The Economist
Bu haqda Ukraina strategik sanoat tarmoqlari vaziri German Smetanin 2024 yildagi mudofaa sanoati faoliyatiga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qildi, deb yozmoqda RBK-Ukraina.
«2022 yilda biz 1 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ ishlab chiqargan edik, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 3 barobar oshdi va 3 mlrd dollarga yetdi. 2024 yilda yana 3 barobar o‘sib, yillik ishlab chiqarish hajmi 9 mlrd dollarni tashkil etdi», — dedi Smetanin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mudofaa sanoati 2024 yilda potensial jihatdan 20 mlrd dollarlik qurol ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan.
Smetaninning ta’kidlashicha, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 35 mlrd dollarga yetishi mumkin.
«O‘tgan yili qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning 52 foizini xususiy kompaniyalar ishlab chiqardi», — dedi u.
Smetanin 2024 yilda Ukraina yangi qanotli raketalar va raketa-dronlar: «Palyanitsya», «Peklo», «Ruta» va «Bars»ni ishlab chiqara boshlaganini eslatib o‘tdi.
«Oldingi yili bizning yagona qanotli raketamiz — «Neptun» edi. 2023 yilga nisbatan ishlab chiqarish 8 barobar ko‘paydi», — dedi u.
2023 yilga nisbatan Ukraina artilleriya va minomyot o‘q-dorilarini 2,4 barobar ko‘proq ishlab chiqargan.
«Bizda «Bogdana» o‘ziyurar artilleriya qurilmasining yangi versiyasi — tirkamali «Bogdana» paydo bo‘ldi», — dedi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘AQ ishlab chiqarish 3 barobarga oshgan.
Smetanin zirhli texnikalar ishlab chiqarish quvvatlari 50 foizga to‘ldirilganini qayd etdi.
2024 yilda ishlab chiqarishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri — yerda harakatlanuvchi robotlashtirilgan harbiy majmualar bo‘ladi.
Ukraina prezidentining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Oleksandr Kamishinning ta’kidlashicha, hozirgi kunda mudofaa sanoati Qurolli kuchlar ehtiyojining 30–40 foizini qoplamoqda.
«Turli baholashlarga ko‘ra, ayni kunlarda frontda ishlatilayotgan qurollarning 30–40 foizi Ukrainada ishlab chiqarilgan», — dedi u.
Mavzuga oid

14:59
Rossiya qo‘shini Sumi markaziga raketa zarbalari yo‘lladi

12:37
«Ikkinchi jahon urushidan keyin Berlinda bo‘lgani kabi» –Trampning maxsus vakili Ukrainada nazorat zonalari yaratishni taklif qildi

18:34 / 12.04.2025
Ukraina ikkinchi F-16 qiruvchi samolyotini yo‘qotdi

12:56 / 12.04.2025