Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Bu shaxs tanishlari yordamida fuqaro va uning ikki nafar tanishini Qashqadaryodagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Toshkent shahrida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro Sh.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) tanishlari yordamida fuqaro D.A. va uning ikki nafar tanishini Qashqadaryodagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga 6 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025