Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Tezyurar poyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari 24-27 aprel kunlari amalga oshiriladi.
775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Temiryo‘lekspress» matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu sayyohlar uchun qulaylik yaratish, ularning harakati uchun sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qatnovlar 24, 25, 26, 27 aprel kunlari yo‘lga qo‘yiladi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi
- Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15.
776-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi
- Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.
Avvalroq 15 iyundan boshlab «Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025