«246 ga 246». Rossiya va Ukraina asirlar almashuvi o‘tkazdi
Ukrainlar Chernihivda qanday qarshi olindi?
19 aprel kuni Rossiya va Ukraina navbatdagi asirlar almashuvini amalga oshirdi. RF mudofaa vazirligi almashuv «246 ga 246» sxemasi bo‘yicha bo‘lib o‘tganini ma’lum qilgan. TASS xabariga ko‘ra, «ezgu niyat belgisi sifatida» Rossiya Ukrainaga shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan 15 nafar yarador rossiyalik askar evaziga 31 nafar yaradorni ham topshirgan. Rossiya mudofaa vazirligi harbiylar Belarus orqali olib ketilganini ma’lum qildi; 20 aprel kuni ular chiqqan samolyot Moskvaga qo‘ngan («Zvezda» telekanalida asirlarning qaytib kelishi videosi e’lon qilindi).
Rossiya asirligidan jami 277 kishi Ukrainaga qaytarilgan - bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z telegram-kanalida ma’lum qildi. Rossiyaga jami qancha harbiy topshirilganiga aniqlik kiritilmadi. Ikki tomon ham almashuv Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida amalga oshirilganini ta’kidladi.
20 aprel kuni holatiga ko‘ra faqat Ukraina tomoni ozod qilingan asirlarning rasmiy fotosuratlarini e’lon qilgan. «Meduza» Ukraina harbiylari kutib olingan Chernihivdan suratlarni e’lon qildi.

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images




Mavzuga oid

08:36
Kellogg AQShning Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishi ehtimoli haqida fikr bildirdi

17:57 / 20.04.2025
WP: Yevropa Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol yetkazib berish o‘rniga uning mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlamoqchi

13:33 / 20.04.2025
«Bu bir tomoshabin uchun teatr». Putinning «Pasxa sulhi» haqida nima deyishmoqda?

19:21 / 19.04.2025