Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi
Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Eslatib o‘tamiz, Gurbanguli Berdimuhamedov 2022 yil noyabr oyida ham Samarqand shahriga tashrif buyurgandi. O‘shanda u Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari yig‘ilishida faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025