Jahon | 10:44
5527
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi

Rim papasi Fransiskning dafn marosimi tufayli Italiya Bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifini rasman bekor qildi. Tashrif dasturi kelgusi haftaga o‘zgartiriladi, degan bosh vazir idorasi.

Foto: Reuters

Rim papasi Fransisk 2025 yil 21 aprel kuni, Vatikandagi qarorgohida, 88 yoshida olamdan o‘tdi. Italiya Bosh vazir Jorjia Meloni katoliklar bosh ruhoniysining dafn marosimida qatnashadi, deya xabar bermoqda mahalliy OAVlar.

Tashrif dasturi kelgusi haftaga o‘zgartirilgan, lekin sanasi aniq emas.

Avvalroq, Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni 25-26 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, Samarqandda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazishi xabar berilgan edi.

Shuningdek, Jorjia Meloni 26-27 aprel kunlari Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan Qozog‘istonda bo‘lishi, Ostona shahrida birinchi «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida qatnashishi reja qilingan edi.

Mavzuga oid