«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
«Liverpul» Angliya chempionatining 34-turida «Tottenhem»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu «Liverpul» tarixidagi 20-chempionlik hisoblanadi. Mavsum avvalida «Liverpul»ning titul uchun imkoniyati 5,1 foizga baholangandi.

Foto: Reuters
«Liverpul» o‘z maydonida «Tottenhem»ni 5:1 hisobida mag‘lub etib, muddatidan oldin APL chempionligini rasmiylashtirdi.
Muhammad Saloh APLdagi 185-golini kiritib, argentinalik Serxio Agueroni ortda qoldirgan holda legionerlar orasida turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Ushbu g‘alaba evaziga «qizillar» 82 ochko bilan chempionlikni rasmiylashtirdi. «Tottenhem» esa 37 ochko bilan 16-pog‘onada qoldi. Chempionlik uchun liverpulliklar jamoasi «Tottenhem»ga mag‘lub bo‘lmasligining o‘zi kifoya edi. 2022 yilda «Liverpul» so‘nggi turga qadar chempionlik uchun kurashgan va 92 ochko bilan ikkinchi o‘rinni, 2024 yilda esa 82 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagandi.
«Liverpul» oxirgi marta 2020 yilda, Yurgen Klopp vaqtida chempion bo‘lgan. Joriy Angliya chempionligi klub tarixidagi 20- va 1992 yilda tashkil topgan APL doirasidagi ikkinchi chempionlik hisoblanadi.
Mavsum avvalida Opta statistik platform superkompyuteri «Liverpul»ning chempionligini 5,1 foizga baholagan, asosiy favorit sifatida esa «Manchester Siti»ni (82,2 foiz) ko‘rsatgan edi.
APL. 34-tur
Liverpul – Tottenhem 5:1
Gollar: Dias 16, Makk Allister 24, Gakpo 34, Saloh 63, Udojiye 69 (avt) — Solanke 12.
Mavzuga oid

12:04 / 21.04.2025
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Liverpul»ga chempionlik uchun bir g‘alaba qoldi. Kun o‘yinlari

10:27 / 14.04.2025
Mbappe qizil oldi, Saloh rekord qo‘yishda davom etmoqda. Kun o‘yinlari

12:32 / 07.04.2025
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari

18:32 / 25.03.2025