Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
Ijtimoiy tarmoqlar bu safargi holat vandalizm emas, balki Asad oilasi tarafdorlari tomonidan Hofizning jasadini tahqirdan saqlab qolishga urinishi bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad otasi Hofiz Asadning jasadi qabrdan chiqarib olindi va noma’lum joyga olib ketildi. Bu haqda Isroil matbuotiga tayanib Interfax xabar berdi. Xabarda qoldiqlarni aynan kim o‘g‘irlaganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq hukumatga qarshi namoyishlar chog‘ida Asad otasining maqbarasi tahqirlangan edi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlar bu safargi holat vandalizm emas, balki Asad oilasi tarafdorlari tomonidan Hofizning jasadini tahqirdan saqlab qolishga urinishi bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Hofiz Asad 1930 yilda alaviy mazhabi vakillari yashaydigan Lazqiya (Lataqiya) viloyatining Qordaha shahrida tug‘ilgan. U davlat to‘ntarishi oqibatida hokimiyatga kelgan va 1971 yildan 2000 yil vafotigacha Suriya prezidenti bo‘lgan.
Hofizning o‘rnini to‘ng‘ich o‘g‘li Basil egallashi kerak edi, biroq u 1994 yilda avtohalokatda vafot etdi. Shundan so‘ng, Hofiz ikkinchi o‘g‘li Basharni o‘z vorisi etib tayinladi. U akasi vafotidan keyin Londondan Suriyaga qaytarildi.
Bashar Asad Suriyani 2024 yil dekabrigacha boshqardi va 13 yildan ortiq davom etgan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragach, mamlakatni tark etdi. U Rossiyada qo‘nim topdi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025