Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron «8-10 kun ichida» Rossiyaga bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaning G‘arb ittifoqchilari Moskvani o‘t ochishni to‘xtatishga undash uchun yaqin kunlarda Rossiyaga bosimni kuchaytirishni rejalashtirganini aytdi.
Makron Paris Match nashriga bergan intervyusida tomonlar hozir har qachongidan ham o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinroq ekanligiga umid bildirdi, biroq ular «ehtiyotkor bo‘lishlari» kerakligini ta’kidladi, chunki «tenglamaning bir qismi» Moskvaga bog‘liq.
«Yaqin sakkiz-o‘n kun ichida biz Kremlga bosimni kuchaytiramiz […] Faqatgina Ukrainaga bosim o‘tkazish bilan cheklanish noto‘g‘ri», — dedi u.
Fransiya prezidenti Moskvaga nisbatan «bosimning kuchayishi» aynan nimadan iborat bo‘lishini aniqlashtirmadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025