Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj
Toshkent viloyatidagi ochiq aerodromda «CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada talabalar va o‘quvchilar jamoalari o‘zlari yaratgan kichik sun’iy yo‘ldoshlarni balandlikka uchirib, havo harorati, masofa va bosim nazorati kabi ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyatini tekshirdi.
3 may kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan «Yangi hayot» ochiq uchish aerodromida «CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekkosmos» agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan musobaqada 250 nafarga yaqin o‘quvchilar va talabalardan tashkil topgan 10 ta jamoa o‘zlari yaratgan mikrosputniklarni o‘quv raketalari yordamida balandlikka uchirdi. Kichik sun’iy yo‘ldoshlardan havo harorati, masofa va bosim nazorati kabi birlamchi ma’lumotlarni qabul qilib olish imkoniyati tekshirildi. Kun.uz musobaqa finalidan fotoreportaj taqdim qiladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu loyiha «STEAM» ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlashning interaktiv usullaridan biri bo‘lib, yoshlarning ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, ularni aerokosmik sohaga jalb qilish, bu orqali yangi avlod kosmik muhandislarini yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining OTMlar bo‘yicha final bosqichida», Yangi O‘zbekiston universiteti 1-o‘rinni, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-o‘rinni, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent Davlat transport universiteti jamoalari 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi musobaqada Sehriyo va Al-Beruniy school maktablari jamoalari musobaqa shohsupasiga ko‘tarildi.
O‘zbekkosmos agentligining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, Bokuda bo‘lib o‘tgan «Space Technology Conference-2025» tadbirida O‘zbekiston «CanSat» musobaqalarini Turkiy davlatlar miqyosida o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan. Ushbu tadbir g‘oliblari xalqaro miqyosdagi musobaqada qatnashishi rejalashtirilgan.
Rasmlar muallifi Mumtozbegim Abdumo‘minova
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025