Jamiyat | 09:10 / 07.05.2025
5423
1 daqiqa o‘qiladi

Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

Quyma oltinni noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi.

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, “Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda, uning xatti-harakatlarida shubhali holatlar kuzatilgani sababli bojxona xodimi tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning tanasidan umumiy og‘irligi 1 028 gramm bo‘lgan quyma tilla bo‘laklari aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur oltin buyumlarining umumiy qiymati 1 milliard 312 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid