Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongressmen AQShni Falastindagi «genotsidga sheriklikda» aybladi
Shuningdek, kongressmen gumanitar yordam blokadasi va G‘azoni anneksiya qilish rejalariga ham e’tibor qaratdi.
AQSh Vakillar palatasining Demokratik partiyadan a’zosi Rashida Tlaib Qo‘shma Shtatlarni «genotsid»ga sheriklikda aybladi.
X ijtimoiy tarmog‘ida chop etilgan bayonotida Tlaib Isroil hukumatining qaroriga keskin munosabat bildirdi.
«Isroil 64 kundan beri insonparvarlik yordamining G‘azoga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Urush jinoyatchisi Binyamin Netanyaxu butun Falastin aholisini majburan chiqarib yuborish, etnik tozalash, G‘azoni butunlay vayron qilish va uni anneksiya qilishni nazarda tutuvchi rejani oshkor qildi», — deb yozadi u.
Tlaibning so‘zlariga ko‘ra, Isroil boshidanoq bu yo‘lni tanlagan.
«Qo‘shma Shtatlar bu genotsidning sherigi», deb ta’kidladi siyosatchi.
Avvalroq Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi G‘azo sektoridagi «hududlarni to‘liq bosib olish» va ular ustidan «barqaror nazorat» o‘rnatishni nazarda tutuvchi “Hamas tashkilotini yo‘q qilish» bo‘yicha operativ rejani tasdiqladi. Bu haqda Isroil bosh vaziri devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.
Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, avvalgi operatsiyalardan farqli o‘laroq, gap maqsadli reydlar haqida emas, balki «hududlarni to‘liq bosib olish va ular ustidan barqaror nazorat o‘rnatish haqida». Rejaga G‘azodagi hududlarni qo‘lga olish va ushlab turish; tinch aholining xavfsizligi uchun janubga ko‘chirish; Hamasni insonparvarlik yordamidan mahrum qilish; ularning infratuzilmasi va qo‘mondonlik punktlariga ommaviy zarbalar berish kiritilgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025