Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI G7 tashabbusi doirasida Ukrainaga yana 1 mlrd yevro to‘ladi
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga rejalashtirilgan 18,1 milliard yevrodan 6 milliard yevroni makromoliyaviy yordam sifatida ajratdi. G7 dasturi doirasida Kiyevga ajratilgan kreditlar Rossiyaning muzlatilgan mablag‘laridan foizlar hisobiga to‘lanadi.
8 may, payshanba kuni Yevrokomissiya Ukrainaga 1 milliard yevro miqdoridagi favqulodda makromoliyaviy yordam kreditining to‘rtinchi transhini ajratdi. Mablag‘larning ajratilishi Ukraina Xotira va Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba kuniga to‘g‘ri kelgani ramziy ma’noga ega, deyiladi YeK press-relizida.
Yil boshidan beri Yevropa Ittifoqi allaqachon G7 boshchiligidagi ERA (Extraordinary Revenue Acceleration - Favqulodda daromadlarni tezlashtirish) kreditlash dasturi orqali Ukrainaga 6 milliard yevro ajratgan. Yevropaning ushbu dasturga qo‘shgan hissasi oxir-oqibat 18,1 milliard yevroga yetishi rejalashtirilgan.
Mart oyida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqining maxsus sammitida Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen, agar kerak bo‘lsa, YeK Yevropa Ittifoqining YeRA tashabbusiga qo‘shadigan hissasini ertaroq oshirishga tayyorligini aytdi. Bryussel bu masalada Kiyev bilan yaqin aloqada, dedi fon der Lyayyen.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025