O‘zbekiston | 12:08
1622
1 daqiqa o‘qiladi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Ansabxon Zakirov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu paytgacha ushbu lavozimda ishlagan Abdurauf Abduqayumov esa O‘zbekiston standartlar instituti direktori sifatida ish boshladi.

Foto: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ansabxon Akaidinovich Zakirov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha Ansabxon Zakirov agentlik huzuridagi "O‘zbekiston akkreditatsiya markazi" davlat muassasasi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘z navbatida, ushbu lavozimda ishlagan Abdurauf Abdurashidovich Abduqayumov O‘zbekiston standartlar instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid