Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya kansleri Rossiyaga qarshi yangi qattiq sanksiyalarni istisno etmadi
Germaniya hukumati joriy hafta Ukrainadagi urushni hal qilishda «haqiqiy o‘zgarish» kuzatilmasa, Yevropa darajasida Rossiyaga qarshi sanksiyalar sezilarli darajada kuchaytirilishini talab qilmoqchi. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers seshanba kuni Berlindagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Kelajakdagi ehtimoliy sanksiyalar haqida gapirar ekan, Mers energetika va moliya sohalarini tilga oldi, deb yozadi "Nemis to‘lqini". Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari Rossiya 30 kunlik so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini e’lon qilishi kerak, deb hisoblaydi.
Bu haqda Fridrix Mers Yevropa davlatlari tomonidan belgilangan muddat tugaganmi, degan savolga javob berar ekan aytib o‘tdi. Ular, avval xabar qilinganidek, agar Rossiya 12 maygacha 30 kunlik otashkesimga rioya qilishni boshlamasa, yangi sanksiyalar paketi ustida ish boshlaydi. Bu haqda Germaniya hukumati vakili Shtefan Kornelius ma’lum qildi.
Germaniya hukumati vakilining bayonotiga javoban Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov: «Rossiya bilan ultimatum tilida gaplashib bo‘lmaydi», dedi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
10:30 / 27.05.2025