Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga ko‘ra, samolyot bortida Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi.
Voyaga yetmagan bola Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.
Bolani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘magida oldindan tayyorlangan ota tarafdagi oilasi kutib oldi. Voyaga yetmagan fuqaro uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari uning doimiy yashash joyida davom ettiriladi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining samarali hamkorligi natijasida 2025 yil 13 may holatiga qadar jami 54 nafar voyaga yetmagan fuqaro vatanga qaytarildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025