Jamiyat | 10:24
2027
1 daqiqa o‘qiladi

Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Suffa platosi hududidan oqib o‘tuvchi Qashqarsuv soyi bo‘yida fuqaro jarlikka tushib ketgan. 

Foto: FVV

Jizzax viloyatining Zomin tumani, Suffa platosi hududidan oqib o‘tuvchi Qashqarsuv soyi bo‘yida 12 may kuni soat 19:56 larda bir nafar fuqaro jarlikka tushib ketgan. 

FVV ma’lum qilishicha, shundan so‘ng fuqaro jarlikdan qaytib chiqa olmayotganligi to‘g‘risida qutqaruvchilarga murojaat qilgan.

Qutqaruvchilar tomonidan fuqaro jarlikdan sog‘-salomat chiqarib olingan.

Mavzuga oid