Rossiya va Ukraina Istanbulda asirlarni almashish borasida kelishib oldi
«1000 ga 1000» formatida asirlar almashinuvi «yaqin kunlarda» bo‘lib o‘tadi, dedi Rossiya va Ukraina delegatsiyalari rahbarlari Vladimir Medinskiy va Rustem Umerov. Ularning fikricha, muzokaralarni davom ettirish istiqboli mavjud.

Foto: AP
16 may kuni Istanbuldagi muzokaralarda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari «yaqin kunlarda» «1000 ga 1000» formatida asirlar almashinuvini amalga oshirishga kelishib oldilar. Bu haqda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari rahbarlari, Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov uchrashuvdan so‘ng gapirdi.
Umerovning so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar chog‘ida prezidentlar Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiyning shaxsiy uchrashuvi ham muhokama qilingan. Ukraina delegatsiyasi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya bilan ehtimoliy yangi muzokaralar «yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi».
Medinskiy jurnalistlarga Rossiya tomoni «uchrashuv natijalaridan umuman qoniqish hosil qilgani» va «aloqalarni davom ettirishga tayyorligini» aytdi. Rossiya prezidenti yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonining Putin va Zelenskiy o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish haqidagi iltimosi «inobatga olingan». Medinskiy shuningdek, tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha batafsil rejalarni almashgandan so‘ng muzokaralarni davom ettirishga kelishib olganliklarini aytdi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2022 yildan buyon birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar taxminan bir yarim soat davom etdi. Dastlab uchrashuv shu kuni davom etishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq axborot agentliklari shundan so‘ng muzokaralar «to‘xtatilgani» haqida xabar qildi va delegatsiyalar rahbarlari matbuotga bayonot berdi.
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

16:28 / 17.05.2025