Jahon | 15:01 / 19.05.2025
7250
2 daqiqa o‘qiladi

Putin urushda «Rossiya uchun kerakli natija»ni ma’lum qildi

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushda Kreml kutgan natija «inqiroz sabablarini bartaraf etish, uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish uchun sharoit yaratish va Rossiya Federatsiyasi xavfsizligini ta’minlashdir».

Foto: kremlin.ru

Rossiya Ukrainaga qarshi urushni «Rossiyaga kerak bo‘lgan natija bilan mantiqiy yakuniga yetkazish uchun yetarli kuch va resurslarga ega», dedi prezident Vladimir Putin «Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil» hujjatli filmiga bergan intervyusida. Undan parcha 18 may, yakshanba kuni VGTRK jurnalisti Pavel Zarubin tomonidan Telegram kanalida e’lon qilindi.

«Bu inqirozni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish, uzoq muddatli barqaror tinchlik va Rossiya davlati xavfsizligini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, biz doimo gapiradigan, rus tilini o‘z ona tili deb biladigan va Rossiyani vatan deb biladigan odamlar yashaydigan hududlarda xalqimiz manfaatlarini ta’minlashdir», dedi Putin.

Shu intervyuda u Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davrida Rossiya Qurolli kuchlari uchun yadro qurolidan foydalanishga «ehtiyoj yo‘qligini» va unga, avval ham umid qilganidek, «talab paydo bo‘lmasligini» aytdi.

Ayni vaqtda, Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi 19 may, dushanbaga o‘tar kechasi Rossiya RS-24 ("Yars") qit’alararo ballistik raketasini «o‘quv-jangovar» maqsadda uchirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.

Mavzuga oid