Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
Britaniya va Kanada bosh vazirlari va Fransiya prezidenti qo‘shma bayonotda Isroil G‘azodagi amaliyotini to‘xtatmasa va yordamga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmasa, «aniq choralar ko‘rish» bilan tahdid qildi.
Bi-bi-si muxbiri xabar berishicha, Kir Starmer, Mark Karni va Emmanuel Makron har doim Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlaganliklarini, ammo endi uning G‘azo sektoriga yangi hujumini mutlaqo nomutanosib javob deb bilishlarini ta’kidladilar.
Britaniya, Fransiya va Kanada rahbarlari Isroil hukumatining sektorga zarur bo‘lgan minimal miqdordagi gumanitar yordamni olib kirishga ruxsat berish haqidagi qarorini vaziyatga mutlaqo noadekvat reaksiya deb baholamoqda.
Bayonotda bu davlatlar Isroilga qarshi qanday «aniq harakatlar» qilishi mumkinligi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Starmer, Makron va Karnining bayonotini «2023 yil 7 oktyabr genotsidini sodir etganlar uchun katta mukofot» deb atadi va Isroil Hamas mag‘lub bo‘lguncha kurashishini aytdi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
18:29 / 27.05.2025