Jahon | 16:20 / 22.05.2025
1372
2 daqiqa o‘qiladi

Stubb: Vatikanda Ukraina-Rossiya muzokaralari o‘tkazilishi mumkin

Finlyandiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, urushni tugatish bo‘yicha «texnik» muzokaralar bir necha kundan keyin davom etishi mumkin. Stubbning aytishicha, AQSh muzokara jarayonini tark etmayapti, Yevropa esa unga qo‘shilmoqda.

Foto: Eeva Eronen / Yle

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb urushni tugatish bo‘yicha Ukraina va Rossiya rasmiylari o‘rtasidagi «texnik» muzokaralar bir necha kundan keyin Vatikanda davom etishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, finlyandiyalik siyosatchi AQSh muzokaralar jarayonidan chiqmayotganini aytdi.

«Ular taslim bo‘lmadilar. Endi vositachilar ko‘paydi. Ilgari bu rolni faqat AQSh o‘ynagan bo‘lsa, endi Yevropa ham qo‘shilmoqda», — deya Stubb so‘zlarini keltiradi Yle. Finlyandiya prezidenti buni yaxshi holat deb atadi.

Stubbning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uning ukrainalik va rossiyalik hamkasblari Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putinning 19 may, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan suhbatidan so‘ng muhokamalar «turli darajalarda» davom etgan.

19 may kuni Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatidan so‘ng Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar «darhol» boshlanishini aytdi. Oq uy rahbari bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga, shuningdek, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Finlyandiya rahbari Aleksandr Stubbga xabar berdi.

Mavzuga oid