Jamiyat | 09:50
26253
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi aytildi

O‘zbekistonda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi e’lon qilindi. 

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi.

Mamlakatda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:

1991 yilda – 66,4 yosh;
1995 yilda – 69,1 yosh;
2000 yilda – 70,8 yosh;
2005 yilda – 71,8 yosh;
2010 yilda – 73 yosh;
2015 yilda – 73,6 yosh;
2020 yilda – 73,4 yosh; 
2024 yilda – 75,1 yoshni tashkil etdi.

Mavzuga oid