Fan-texnika | 03:05 / 29.07.2015
5592
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung selfi uchun dron yaratmoqda

Samsung kompaniyasi selfi uchun dron yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu dron kompaniyaning navbatdagi ilg‘or mahsuloti bo‘lishi kerak, deb xabar bermoqda sammobile.com portali.

Loyiha Selfie Camera Drone deb ataladi va u haqda hozircha kam narsa ma'lum qilingan. Samsung’ning yangi mahsuloti egasi orqasidan harakatlanib, suratlar oladigan Lily Camera’ga o‘xshash bo‘ladi. Bu gadjyet iste'molchilarda katta qiziqish uyg‘otgan edi.

Ushbu mahsulot Samsung’ning omma e'tiborini tortgan bozorlar segmentlaridagi birinchi mahsuloti emas. Kompaniya “aqlli” soatlar va virtual reallik ko‘zoynaklari ishlab chiqarishda ham o‘zini sinab ko‘rgan. Yangi dron Xitoyning jadal rivojlanayotgan OnePlus kompaniyasi o‘z mini-dronini namoyish qilgandan bir necha oy keyin e'lon qilindi.