Jamiyat | 12:12 / 20.09.2015
13335
2 daqiqa o‘qiladi

Alla Pugacheva Liza va Garri ismli egizak farzandlarining ikki yoshli tavallud ayomini oila davrasida nishonladi

19 sentabrda Alla Pugacheva Liza va Garri ismli egizak farzandlarining ikki yoshli tavallud ayomini o‘zining Gryaz qishlog‘idagi hashamatli uyida nishonladi.

66 yoshli xonanda o‘z farzandlarining tavallud kunini ortiqcha dabdabasiz, oila davrasida uyining hovlisida kamtarona nishonlashga qaror qildi. E'tiborlisi, bunday baxtli onlarda Rossiya estradasi Primadonnasi yonida uning turmush o‘rtog‘i, taniqli hajvchi Maksim Galkin ko‘rinmadi. Pugacheva enagalar qurshovida o‘z farzandlari bilan o‘ynadi, “Goluboy vagon” qo‘shig‘ini birga kuylab, ularni arg‘imchoqda uchirdi. Pugacheva uning farzandi Garri har gal uni ko‘rsatib, “Oyi” deganda yuzida mayin tabassum paydo bo‘ldi.

Pugachevaning tashqi ko‘rinishi yaqinda yana qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi – xonanda “Novaya volna” festivali uchun ataylab ozgan.

Eslatib o‘tamiz, bir yil avval Pugacheva va Galkin o‘zlarining anchadan beri kutilgan vorislarining birinchi tavallud ayomida bir necha yuzlab pufaklarni osmonga uchirishgan edi. Egizaklarni tabriklash uchun oilaning eng yaqin odamlari: Pugachevaning qizi Kristina Orbakayte hamda nabiralari Deni va Klava, Igor Nikolayev rafiqasi Yuliya Proskuryakova bilan, Valentin Yudashkin va Filipp Kirkorov tashrif buyurishgan edi.