Jamiyat | 15:43 / 06.11.2015
23305
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik bitiruvchilar ziyofat o‘rniga 7 farzandi bor yolg‘iz onaga uy qurib berishdi

Qirg‘izistonning Talas viloyati Bakay-Ata tumanida maktab bitiruvchilari ziyofat pullariga yetti farzandi bilan yolg‘iz qolgan onaga 4 xonali uy qurib berishdi. Bu haqda Turmush xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, mahalliy maktabni bundan o‘y yil muqaddam tamomlagan sobiq o‘quvchilar ushbu sanani qanday nishonlash to‘g‘risidagi g‘oyalar muhokama qilayotgan vaqtda yolg‘iz ona uchun uy qurib berish fikri o‘rtaga tashlangan. Shundan so‘ng sinfdoshlar ziyofat uchun sarflanishi lozim bo‘lgan pullarni eski uyi qariyb vayron bo‘lgan boquvchisiz oila uchun yangi uy qurib berishga qaror qilishdi.

To‘rt xonali yangi uy qurilishida sinfdoshlar bilan birgalikda mahalliy aholi ham ishtirok etdi. Bitiruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, uy qurilishi va jihozlanishida qurilish materiallaridan tashqari, qo‘shimcha 300 ming so‘m yo‘naltirilgan.