Jamiyat | 09:09 / 07.12.2015
5601
1 daqiqa o‘qiladi
Yalta hayvonot bog‘ida sovuqdan ikkinchi yo‘lbars bolasi halok bo‘ldi
Yaltadagi “Skazka” hayvonot bog‘ida sovuqdan Tigryulya laqabli oq bengal yo‘lbarsining ikkinchi bolasi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda FlashCrimea portali. Bu haqda hayvonot bog‘i xodimi ma'lum qildi.
Yo‘lbarsning uchta bolasidan birinchisi 4 dekabrda kechki payt halok bo‘lgan edi. Bu noxush voqea hayvonot bog‘idan respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim qilingan dizelgenerator olib qo‘yilgandan keyin yuz bergan.