Sport | 11:47 / 13.12.2015
6361
1 daqiqa o‘qiladi
Chicharito "Borussiya" ga qarshi o‘yinda 13 daqiqa ichida 3ta gol urdi
"Bayyer"ga joriy mavsum arafasida "Manchester Yunayted" safidan kelib qo‘shilgan meksikalik hujumchi Xaver Ernandes (Laqabi Chicharito) bundesliganing 16-turida Menxengladbaxning "Borussiya" jamoasiga qarshi o‘yinda 3ta gol urishga erishdi.
27 yoshli futbolchi 63-daqiqadan 76-daqiqagacha bo‘lgan 13 daqiqa ichida xet-trik rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, Chicharito mavsumdagi 12ta o‘yindagi 15ta golini urdi.
Qayd etish kerakki, "MYu"ning asosiy tarkibidan o‘rin ololmagan hujumchi o‘tgan mavsumni "Real" safida ijara asosida o‘tkazgan, lekin u yerda ham asosiy tarkibga kira olmagach, ortga qaytarilgandi.