Jahon | 13:49 / 15.12.2015
19155
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng ekstremal mehmonxona aniqlandi

Perudagi Marash Morey xarobalaridan 40 km narida joylashgan Skylodge Adventure Suites jurnalistlar tomonidan “dunyodagi eng qo‘rqinchli” sifatida baholandi.

U uchta mutlaqo shaffof ikki o‘rinli xonadan iborat bo‘lib, 122 m balandlikdagi qoyada joylashgan. Xonalar aerokosmik alyuminiy va polikarbonatdan tayyorlangan bo‘lib, iqlim o‘zgarishlariga dosh bera oladi. Har birida yotoqxonadan alohida hammom bo‘lib, u biohojatxona va rakovina bilan ta'minlangan. Begona ko‘zlardan yashirinish uchun hammomni pardalarda to‘sib qo‘yish mumkin.

Mehmonxona tashrifchilari umumiy hammomdan va terrasadan foydalanishi. Bu xonalarning bari Kusko vodiysi qoyalari ustida osilib turibdi.

Skylodge Adventure Suites’da bir kecha tunab qolish taxminan 800 dollardir, bu narx ichiga ikki mahal ovqat, Via-Ferrata arqonli bog‘dagi sayr va bepul avtoturargoh kiradi.