Ostona shahrida Nazarboyevning soatlari kolleksiyasi namoyish qilindi
Qozog‘iston birinchi Prezidenti muzeyida Nursulton Nazarboyevga davlat rahbarlari va mashhurlar sovg‘a qilgan noyob soatlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar tarqatmoqda BNews.kz.
«Ko‘rgazma yangi yil arafasida ochilishi bejizga emas. Chunki ko‘pchilik aynan yangi yil kirib kelishi arafasida o‘z niyatlari, tilaklarini bildirishadi. Shu sababdan ham soatlar faqatgina vaqtni ko‘rsatish uchun emas, sehrli ramz vazifasini ham o‘taydi», — deya ta'kidlab o‘tgan muzey rahbari Kulyaysha Aktayeva.
Ko‘rgazmada 60 dona turli kamyob soatlar qo‘yilgan. Asosiy soatlar asosan diplomatik sovg‘alar, turli yillardagi davlatlar tomonidan tuhfalar tashkil qiladi.
«Kolleksiyada Nazarbayevga Qirolicha Yelizaveta II sovg‘a qilgan soat, Putin hadya qilgan «Lira», Monako knyazi Alber II tomonidan berilgan devorga osig‘liq turuvchi soatlari ham o‘rin olgan. Ko‘rgazmada shuningdek mexanik, kvars va elektron soatlar, buyurtmachilar uchun alohida ishlab chiqarilgan antikvar XIX asr bilan bog‘liq boshqa turdagi soatlar o‘rin olgan», — qo‘shimcha qilib o‘tgan Kulyaysha Aktayeva.
Ko‘rgazma 2016 yilning 31 yanvariga qadar davom etadi.