Dunyodagi 8 nafar eng kamtarin rahbar va boyvachcha
Millionerlar, ayrim mansabdorlar va direktorlarning kekkayishi, oddiy odamlar yashay olmaydigan hashamat bilan o‘z hayotlarini burkashiga o‘rganib qolganmiz. Lekin bu qolipga mos kelmaydigan, kamtarin rahbarlar va boyvachchalar ham borki, ularning bunday turmush tarzi bir qarashda g‘alati tuyuladi.
Ularning turmush tarzi va fe'l-atvori bu hayotda ijtimoiy mavqe, pul va mansab ko‘p narsani hal qilmasligini yaqqol ko‘rsatadi.
1. Shvetsiya malikasi Madlen. Itining ketidan chiqindilarni yig‘ishtirib olmoqda.
2. Urugvay prezidenti Xose Kordano dunyodagi eng kambag‘al prezidentdir. Mahalliy aholi uni El Pepe deb ataydi. U prezidentlikdan oladigan butun daromadini xayriya ishlariga ehson qiladi. U oyiga 263 ming Urugvay pesosi (7 ming dollar atrofida) ishlab topadi. O‘ziga esa bu pullarning 10 foizini qoldiradi.
Xose Kordano fermadagi uyida yashaydi. O‘zi quduqdan suv tashiydi. Eng qimmat xaridi – 1987 yilning “Folksvagen”idir. Uning bankda hisoblari ham, qarzlari ham yo‘q.
Ushbu suratda esa uning poliklinikada navbatda o‘tirganini ko‘rish mumkin.
3. London hokimi Boris Jonson norasmiy kiyimda yurishdan uyalmaydi, velosipedda ishga qatnaydi. U Britaniyada velosiped harakatini rivojlantirishning asosiy tarafdorlaridan biri hisoblanadi.
4. Islandiya poytaxti Reykyavikning sobiq hokimi Yon Gnarr oliy ma'lumotga ega emas, muqaddam komediya aktyori va kirakash bo‘lib ishlagan. 2010 yilda u o‘z partiyasini yaratib, uni “Eng yaxshi partiya” deb atadi. Partiya tarkibiga asosan ijodkorlar kirdi: komiklar, musiqachilar, rassomlar. Ularning hech qaysi biri ilgari siyosat bilan shug‘ullanmagan. Shahar ahli aynan shu partiyani tanlab, unga 34.7 foiz ovoz berdi, natijada Yon Gnarr shahar hokimiga aylandi.
5. Nyu-Yorkning sobiq hokimi Maykl Blumberg dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 13-o‘rinda turadi. Hokimlik chog‘ida u muntazam metroda yurar edi. Rasmda uning ish joyi aks etgan.
6. Ser Richard Brenson Virgin kompaniyasi asoschisidir. 10 yil ichida u kichkina musiqiy do‘konni ulkan va ko‘p yo‘nalishli biznesga aylantira oldi. O‘zining g‘ayritabiiy fe'l-atvori tufayli u “xippi-milliarder” laqabini olgan. Oxirgi marta u AirAsia kompaniyasi aeroportiga styuardessa obrazida tashrif buyurdi. U shunchaki kameralar oldida o‘zini ko‘z-ko‘z qilmadi, balki Pert-Kuala-Lumpur reysi yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatdi.
7. Sergey Brin kompyuter biznesi afsonalaridan, Google Inc. kompaniyasining asoschilaridan biridir. Shunga qaramay, AQShning eng boy insonlaridan biri sodda hayot kechiradi – uch xonali uyda yashaydi, ekologik toza gibrid dvigatelga ega Toyota Primus mashinasida yuradi. Shuningdek, u San-Frantsiskodagi “Katyaning ruscha choyxonasi”ga kirib, tashrifchilarga borshch, chuchvara va ruscha quymoqlar tavsiya qilishni xush ko‘radi.
8. Chak Finni Duty Free Shoppers do‘konlar tarmog‘ining asoschisidir. Oxirgi 30 yil ichida u butun dunyoni aylanib, 7.5 mlrd dollardan qutulish bo‘yicha yashirin operatsiyani bosqichma-bosqich amalga oshirdi. O‘z do‘konlarida konyak, atir-upa va sigaret sotib topgan bu pullarini Finni xayriya ishlariga sarfladi. The Atlantic Philanthropies fondi orqali ilm-fan, maorif, sog‘liqni saqlash, inson huquqlarini himoya qilish va keksalar uylarini obod qilishga 6.2 mlrd dollar ishlatdi. 2020 yilga kelib Chak butun boyligini muhtojlarga tarqatib bermoqchi.