Jahon | 16:14 / 04.01.2016
10634
1 daqiqa o‘qiladi

«AvtoVAZ» 2016 yilda 2ta yangi avtomobilini taqdim etadi

«AvtoVAZ» avtokonserni 2016 yilda yana 2ta yangi premera qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

"2016 yilning sentabrida Lada Vesta Cross, dekabr oyida esa Lada Xray Cross avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi", deyiladi kompaniya press-relizida.

Qayd etish kerakki, kross-versiyalar Lada Vesta va Lada Xray avtomobillari taqdimotidan keyin mos ravishda bir yil o‘tib taqdim etiladi.

Lada Vesta Cross 2016 yilning avgustida Moskva shahridagi yo‘ltanlamas avtomobillar ko‘rgazmasida namoyish etilishi mumkin. Lada Xray Cross avtomobili esa Lada Xray krossoveridan farqli ravishda yo‘ltanlamas ko‘rinishida bo‘ladi.

Lada Vesta Cross

Lada Xray Cross

Lada Vesta avtomobili seriyali tarzda ishlab chiqarila boshlandi

“AvtoVAZ” Lada Vesta sedanining narxini aytdi

“AvtoVAZ” birinchi seriyali Lada XRay’ni chiqardi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish