Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 13:27 / 06.01.2016
7798
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik san'atkorlar Novosibirskda qordan haykallar yasashadi
O‘zbekistonlik rassomlar va haykaltaroshlar qor haykaltaroshligi festivalida ishtirok etish uchun Rossiyaning Novosibirsk shahriga yo‘l olishdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri yozmoqda.

Festivalning asosiy sovrini bo‘lmish Novosibirsk hokimi kubogi uchun, o‘zbekistonliklardan tashqari, Rossiyaning turli shaharlaridan tashrif buyurgan yana 27 jamoa kurashadi. Tanlovga 10 yanvar kuni yakun yasaladi.
Ko‘rgazma barcha uchun ochiq bo‘ladi.

Festival doirasida professionallar hamda bolalar jamoalari uchun ikki alohida tanlov o‘tkaziladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish