Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik me'mor tomida chang‘i uchsa bo‘ladigan bino loyihasini taklif etdi
Qozog‘iston me'mor binolarning ustida tog‘-chang‘i sporti va snoubord bilan shug‘ullanish uchun trassa qurish loyihasini ilgari surdi. Uning ta'kidlashicha, bunday loyiha asosida qurilgan bino ham ko‘plab sportchilar diqqatini tortadi, ham shaharning diqqatga sazovor obektiga aylanadi.

Me'mor Cho‘qon Mataybekovning loyihasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.
1. Aholi yashaydigan uy ustida snoubording trassasi kontsepti. 21 qavatli U shaklidagi bino.

2. Mazkur loyiha Slalom House deb ataldi.

3. Tomdan tushuvchi yo‘l uzunligi 326 m ni tashkil qiladi.
Mavsumiy ochiladigan tabiiy tog‘ yonbag‘ridagi tog‘-chang‘i trassalaridan farqli ravishda, mazkur trassa yiliga o‘n ikki oy ishlaydi. Yozda Slalom House sintetik Snowflex qor muqobili bilan qoplanadi, u yuqori haroratdagina erishi mumkin. Sportchilar xavfsizligi uchun butun trassa baland to‘siq bilan o‘rab olinadi. Tushish uzunligi 326 m ni, kengligi esa 27 m ni tashkil qiladi. Chang‘ichilar binoning shishali lifti yordamida tepaga ko‘tariladilar.

4. Birinchi qavatda savdo maydonlari yaratiladi, yuqoriroqda esa har biri 2 xonali jami 421 kvartira bo‘ladi.

5. Cho‘qon Mataybekov o‘z loyihasi aks etgan stend oldida turibdi.
Uning ta'kidlashicha, mazkur obektning qurilishi tabiiy hududdagi trassani barpo etishdan ko‘ra ancha arzonga tushadi. Hozircha loyiha rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, uning taxminiy narxi ma'lum: 70 mln dollar.

6. Ostona shahri ichidagi tog‘-chang‘i yo‘li. Kontsept.

7. Agar loyiha realizatsiya qilinsa, Slalom House chang‘ichilar va snoubord ishqibozlari orasida eng mashhur joyga aylanishi mumkin, chunki yaqin oradagi qorli zonaga yetib borish uchun 4 soat vaqt sarflashga hojat qolmaydi.