Jahon | 22:18 / 19.01.2016
5589
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik parkovka qilingan mashinalar orasida drift qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Britaniyalik Alister Moffat yangi Ginness rekordini o‘rnatdi. Kaskadyor bo‘lgan Moffat mashinasining gabarit o‘lchamidan bor-yo‘g‘i 2,25 metrga ko‘proqni tashkil qilgan masofada joylashgan parallel tarzda ikki qator bo‘lib turgan mashinalar orasida “ponchik”ni amalga oshirdi, ya'ni mashinalar orasidagi oraliqda o‘z mashinasini orqa o‘qini sirpantirgan holda 360 gradusga burila oldi.

Moffat rekordni orqa privodli Subaru BRZ kupesida amalga oshirdi. Avtomobilda barcha xavfsizlik elektronikasi, xususan barqarorlashtirish tizimi o‘chirib qo‘yildi. Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, Moffat rekordni amalga oshirish uchun bir necha hafta tayyorlandi.

Moffat o‘ziga tegishli avvalgi rekordni 25 santimetrga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.

2015 yil yanvarda Moffat parallel parkovka bo‘yicha ham Ginness rekordini o‘rnatgandi. U Fiat 500 xetchbekini orasidagi masofa “Fiat”ning uzunligidan bor-yo‘g‘i 7,5 santimetrni tashkil qilgan ikki mashina orasidagi bo‘sh joyga qo‘ya oldi.