Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:25 / 20.01.2016
3629
1 daqiqa o‘qiladi
O‘quvchilar uchun Minecraft 2016 yil yozida chiqadi
Microsoft kompaniyasi Minecraft o‘yinining o‘quv dargohlariga mo‘ljallangan versiyasini 2016 yil yozida chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TechCrunch portali xabar bermoqda.
Minecraft Education Edition aynan biror yoshga mo‘ljallanmagan bo‘lib, ham maktab, ham kollej ma'muriyatiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda. Har bir o‘quvchi uchun o‘quv dargohi yiliga 5 dollardan to‘laydi, bu esa original o‘yindan ikki barobarga arzonroqdir. Sinov muddatida o‘yin jahonning 40 mamlakatida bepul bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish