Jamiyat | 18:21 / 08.03.2016
13340
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yo‘l nazoratchilari ayol haydovchilarga gul sovg‘a qilmoqda

Bugun 8 mart xalqaro xotin-qizlar kunida Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” hamda “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhi ayol haydovchilarning Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga minnatdorchilik bildirilgan xabarlari bilan to‘ldi.

Ularda qayd etilishicha, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ayol haydovchilarni to‘xtatishmoqda va ularga gul sovg‘a qilib, bayram bilan tabriklashmoqda.

 “Kutilmagan va yoqimli sovg‘a! Men hujjatlarimni tutqazmoqchi bo‘lsam, yo‘l nazoratchisi meni bayram bilan tabriklab turibdi”, – deb yozdi xodimlarning e'tiboridan xursand bo‘lgan haydovchi ayollardan biri.

Yana bir haydovchi ayol xodimlarning aktyorlik mahorati esga olishni ham unutmadi.

“Xodimlardan biri meni qizil chiroqda o‘tib ketganligimni aytib turganida, boshqasi gul berib tabrikladi. Kichik sovg‘a-yu, biroq juda yoqimli”, – deb izoh qoldirdi guruh a'zo bo‘lgan haydovchi ayol.  

DAN xodimlarining bunday iliq munosabati ba'zi haydovchi ayollarning hazil fikrlariga ham sabab bo‘ldi.

“Qizlarjon, menimcha ular hamma yoqda! Men doimgidek hujjatlarimni tutqazmoqchi bo‘lsam, ular gul berishdi. Bugun biroz qoidani buzsak bo‘ladiganga o‘xshaydi. Bizning kunimiz!” ,– deb izoh qoldirgan haydovchi ayollardan biri. 

Ma'lumot uchun, 2014 va 2015 yilgi 8 mart bayrami ham yo‘l nazoratchilarining shunday sovg‘alari bilan o‘tgan edi.