Jahon | 06:54 / 12.03.2016
1758
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an jurnalistlarni ozod qilgani uchun Turkiya Konstitutsion sudiga tahdid qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ikki gazeta jurnalistlarini ozod qilish haqidagi qarorni qabul qilgan Turkiya Konstitutsion sudi (KS) harakatlarini “Turkiyaga qarshi” qilingan harakatlar deb atadi.
“Bu institut, uning raisi bilan birga bir qancha a'zolar xalqiga va mamlakatiga qarshi qaratilgan ishni, ya'ni Turkiyaga oxirgi kunlarning birida qilingan eng katta hujumni amalga oshirishdi”, deb aytdi davlat yetakchisi Turkiyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Burdur shahrida bo‘lgan mitingda.
"KS keyinchalik shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirmaydi, aks holda uning “mavjudligi va qonuniyligi” haqida o‘ylab ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi", deb ta'kidladi Erdo‘g‘an.