Fan-texnika | 18:27 / 19.03.2016
2143
2 daqiqa o‘qiladi

Pitstsa tashuvchi yangi robot paydo bo‘ldi

Domino’s Pizza kompanisining Avstraliyadagi bo‘limi yangi pitssa tashuvchi robotning sinov-loyihasini amalga oshirmoqda. Avtomat tarzda harakatlanuvchi robot-tashuvchi Marathon Robotics stratapi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, faqatgina piyodalar yo‘lakchasi va velosiped yo‘laklarida harakatlanadi. Aniq manzilni topishga unga o‘rnatilgan GPS-modul va Google Maps xizmati ma'lumotlari yordam beradi.

Robot DRU (Domino's Robotic Unit) nomini olgan bo‘lib, og‘irligi 190 kilogramm va tezligi esa 20 kilometr soatni tashkil etadi. Yo‘lda uchraydigan yo‘lovchi hamda boshqa qarshiliklarni aylanib o‘tishga lazer sensorlar va kameralar yordam beradi.

Robotning ichida ikkita bo‘linma mavjud bo‘lib, biri 10 gacha pitssani isitib saqlash uchun va boshqa bo‘linma esa ichimliklarni sovutish uchun mo‘ljallangan. Pitstsani robotdan qabul qilib olish uchun, pul qabul qiluvchiga buyurtma qiymatini solib, buyurtma vaqtida berilgan maxsus kodni terish kerak bo‘ladi.