Jahon | 10:05 / 18.04.2016
1912
2 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton kortejiga bir dollarlik qog‘oz pullar uloqtirildi

Los-Anjyelesda AQShning sobiq davlat kotibi va AQSh prezidenti lavozimiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klintonning kortejiga bir dollarlik qog‘oz pullar uloqtirildi. Bu vaqtda Klinton uni qo‘llab-quvvatlayotgan aktyor Jorj Kluni va uning rafiqasi Amal Kluni bilan birga o‘zining saylov kampaniyasi ehtiyojlari uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirga ketayotgan bo‘lgan.

CNN telekanalining ma'lum qilishicha, buni Vermont shtatidan senator-demokrat Berni Sandersning tarafdorlari amalga oshirgan. Ushbu aksiya tashkilotchilaridan biri Hovard Goldning tushuntirishicha, faollar bu bilan AQSh qonunlarining bema'niligini ko‘rsatishmoqchi bo‘lishgan. AQSh qonunchiligi bo‘yicha, siyosatchilar badavlat odamlardan o‘z kampaniyalarini moliyalashtirish uchun katta miqdordagi pullar olish huquqiga egalar.

Norozilik aksiyasi davomida ming dollarga yaqin pul sochilgan. Bu jarayon rejissyor Mervin Leroyning 1933 yildagi "Oltin qidiruvchilar" filmidagi qo‘shiq sadolari ostida o‘tgan.