Jahon | 19:14 / 21.04.2016
2626
1 daqiqa o‘qiladi
Magnitli relsda harakatlanuvchi poyezd tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi
AQSh harbiy havo kuchlari dunyodagi eng tez maglev (magnit yostiqchasida harakatlanuvchi poyezd) sinoviga oid videoni e'lon qildi.
Transport vositasi tezligini soatiga 1018 kilometrgacha chiqara olgan, deb xabar qiladi Popular Mechanics. Maglev ikki soniya ichida 7 ta futbol maydoni uzunligiga teng masofani bosib o‘tgan.
Bu esa AQSh harbiy havo kuchlari tajriba eskadrilyasi muhandislariga rekord qo‘yishlari uchun kifoya qildi. Mazkur ko‘rsatkichga binoan aytish mumkinki, maglev Los-Anjyeles va Nyu-York o‘rtasidagi masofani 4 soatdan kamroq muddatda bosib o‘ta oladi.
Eng tez maglev rekordi bo‘yicha avvalgi natija Yaponiyaga tegishli bo‘lib, unda soatiga 825 kilometrlik natija qayd etilgan edi.