Jamiyat | 00:04 / 24.04.2016
3371
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik Dubaydagi eng baland binolardan birining tomida bajargan xavfli tryuklari bilan internetni lol qoldirdi

Rossiyalik 25 yoshli Oleg Sherstyachenko Dubaydagi eng baland binolardan birining tomiga chiqib, u yerda aql bovar qilmas va hayot uchun juda xavfli tryuklar bajargan hamda buni videoga muhrlagan.

U bino tomida orqaga salto sakragan, keyin esa binoning ikki chetiga tiralib, yotib-ko‘tarilish mashqlarini bajargan.

Shundan keyin ekstremal giroskuterda bino tomining chekkasidan yurgan. Videoda u tomdan yiqilishiga bir necha santimetr qolganini ko‘rish mumkin. Yigit giroskuterda oldinga-orqaga harakatlarni bajargandan keyin, o‘ziga xos piruet bajarib, mo‘'jizaviy holda muvozanatini saqlab turgan. U, shuningdek, bu qurilmada qo‘llariga tiranib ham uchgan.

Videolar internetda chop etilgandan keyin, birinchi kunning o‘zida 15 mingdan ko‘proq namoyish hamda yigitning qo‘rmasligi va o‘z ishining ustasi ekanligidan lol qolgan foydalanuvchilarning izohlarini yiqqan.

"Men qanday qilib hali ham tirikmanmi? Bilmadim. Balki men o‘lmasdirman", deb o‘z videosiga izoh qoldirdi yigit.

Bu rossiyalik yigitning bunday birinchi xavfli tryuki emas. Avvalroq u bir qo‘lida Gonkongdagi osmono‘par binoda osilib turgani videosini chop etgandi. Uning aytishicha, u 16 yoshidan beri gimnastika, akrobatika bilan shug‘ullanib keladi va professional kaskadyor hisoblanadi.