Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lester» APLda chempion bo‘lsa, Raneri qo‘shimcha 5 mln funt mukofot oladi
«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoasi bilan mavsum yakunida chempionlikni qo‘lga kiritgudek bo‘lsa, bonuslar sifatida 5 mln funt atrofida mukofot oladi.
Italiyalik ushbu murabbiy bilan 2015 yilning yozida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, natijalar sifatiga ko‘ra moliyaviy rag‘batlar belgilangan.
Shartnomaga ko‘ra, 18-o‘rindan yuqoridagi har bir o‘rin uchun 100 ming funtdan bonus belgilangan. Jamoa birinchi o‘rinni egallasa, murabbiyga 1,7 mln funt bonus sifatida beriladi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, chempionlik uchun va YeChL yo‘llanmasi uchun alohida mukofot pullari ajratilgan.
Angliya chempionati yakunlanishiga 3 tur qolgan vaqtda «Lester» o‘zining eng yaqin ta'qibchisi «Tottehem»ni 7 ochko ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.
Chempionlik kafolatlanishi uchun Klaudio Raneri shogirdlari keyingi 3 turda 3 ochko olishi kifoya qiladi.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i
22:07 / 16.08.2024